"Manchester Siti"ning g'alabali seriyasi davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 600

"Manchester Siti" ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Pep Gvardiola jamoasi Angliya Kubogida "Solford Siti"ni mag'lub etdi — 2:0. Bungacha "shaharliklar" "Fulxem" (3:0), "Liverpul" (2:1) va "Nyukasl"ni (3:1) mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Shaharliklar" oxirgi marta 20 yanvar kuni Chempionlar ligasida "Bude-Glimt"ga (1:3) imkoniyatni boy berishgandi. O'shandan beri ular barcha turnirlarda oltita g'alaba va bitta durang qayd etishdi.
21 fevral kuni "Man Siti" APL doirasida "Nyukasl" bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371