Mbappega dam yo'q!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70

Na "Real", na Frantsiya futbol federatsiyasi Kilian Mbappega dam berish niyatida emas.
"L’Equipe" nashrining qayd etishicha, hujumchi bir necha oydan beri chap tizzasidagi og'riqlardan aziyat chekmoqda, biroq Madrid klubi yaqin oradagi o'yinlarda o'z to'puraridan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi.
"Real"ning ayrim menejerlari, agar oyog'idagi og'riq bezovta qilishda davom etsa, frantsuz mart oyidagi terma jamoalar tanaffusi vaqtida dam olishi mumkin deb hisoblashmoqda. Ammo milliy jamoada bunday variant hatto ko'rib chiqilayotgani yo'q.
Frantsiya Janubiy Amerikada ikkita uchrashuv o'tkazishi kerak: avval Braziliyaga qarshi (26 mart), so'ngra Kolumbiya bilan (29 mart). Ushbu turnening asosiy homiysi "Nike" kompaniyasi bo'lib, u Kilian bilan shaxsiy hamkorlikni ham yo'lga qo'ygan. Shuning uchun Mbappening bu o'yinlarni o'tkazib yuborishi nomaqbul hisoblanadi

Bosh sahifaga
373