Turkiya chempionati. "Fenerbahche" "gollar shou"sida safarda "Trabzonspor"ni engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14280

"Fenerbahche" Turkiya chempionatining 22-turi doirasidagi safar o'yinida "Trabzonspor"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Mehmonlar safida Taliska (15-daqiqa), Kerem Aktyurkoglu (34-daqiqa) va Marko Asensio (48-daqiqa) bittadan gol urishdi. Shuningdek, Aktyurkoglu va Asensio bittadan golli uzatmani ham amalga oshirishdi.
Mezbonlardan Ernest Muchi (6-daqiqa) va Pol Onuachu (43-daqiqa) o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
"Fenerbahche" (52 ochko) Turkiya Superligasida ikkinchi o'rinda qolmoqda va peshqadam "Galatasaroy"dan uch ochko ortda qolmoqda.
"Trabzonspor" 45 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337