Milan–Kortina-2026. Medet Nazarov ikkita bahsda ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Medet Nazarov Milan–Kortina 2026 qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi.
Vakilimiz gigant-slalom dasturida ikki startda qatnashdi. Birinchi urinishda Nazarov 1:25.75 daqiqa natija ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi startda o'z vaqtidan sezilarli yaxshilab, 1:21.14 daqiqada masofani bosib o'tdi.
Ikki start yakunlariga ko'ra umumiy 2:46.89 daqiqa natija qayd etgan hamyurtimiz gigant-slalom musobaqasini 50-pog'onada tugatdi. Shu tariqa Medet Nazarov qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi ishtirokini rasman boshlab berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175