Eron chempionati. Sergeev gol urgan o'yinda "Persepolis" yutqazdi. Oston O'runov qaydnomaga kiritilmadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 993

Eron chempionati 21-turida "Gol Gohar" o'z maydonida "Persepolis"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bahsda mezbonlar safida Rudbari (19), Latififar (35, 53) gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, mehmonlar safida hamyurtimiz Igor Sergeev yagona javob to'pini (45+7) kiritdi.
O'yinni Igor Sergeev to'liq o'tkazdi, Oston O'runov esa qaydnomaga kiritilmadi.
"Gol Gohar" 36 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi, "Persepolis" 34 ochko bilan 5-pog'onada.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175