Boks. Bobousmon chorak finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqasida bugun nimchorak final bosqichi janglari davom etmoqda.
69 kg. vaznli o'zbekistonlik bokschi Bobousmon Baturov hozirgina Yangi Zelandiya vakili Dominik Royga qarshi ringga ko'tarildi. Jang davomida ustunlik to'laligacha hamyurtimiz tomonida bo'ldi. Baturov anchagina zarbasini raqib gavdasi va yuz qismiga o'tkaza oldi. Natijada hakamlar bir ovozdan Bobo-Usmonning g'alabasini e'tirof etishdi — 5:0 (30:27, 30:26, 30:26, 30:25, 30:25).
Navbatdagi g'alaba Bobousmon Baturovni musobaqaning yarim final bosqichiga olib chiqish bilan birga Tokio-2020 yo'llanmasini ham taqdim etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207