"Chelsi" argentinalik futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 561

"Chelsi" klubi "Bornmut" himoyachisi Markos Senesiga qiziqish bildirmoqda.
O'yinchining mehnat shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Agar Senesi yangi kelishuvga qo'l qo'ymasa, yozda erkin agentga aylanadi. Bunday holatda himoyachi istalgan jamoaga bepul o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, "Bornmut" futbolchisiga "Barselona", "Yuventus", "Everton", "Kristal Pelas" va "Brayton" klublari ham da'vogarlik qilmoqda. "Transfermarkt" o'yinchining qiymatini 22 million evroga baholagan.
Markos Senesi "Bornmut" safida jami 116 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda himoyachi oltita gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
443