Ryuerson 1 o'yinda 4 ta assist muallifi bo'lib, Bundesliga rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 617

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Yulian Ryuerson Germaniya chempionatining "Maynts"ga qarshi o'yinida (4:0) 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Norvegiyalik futbolchi 2004/05 yilgi mavsumdan beri statistik ma'lumotlar yig'ila boshlanganidan buyon Bundesliganing bitta o'yinida 4 ta assist qayd etgan to'rtinchi o'yinchiga aylandi.
Shuningdek, Ryuerson "sariq-qoralar" tarkibida bunday natijaga erishgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. Bir yil avval "Borussiya" safida "Union"ga qarshi kechgan bahsda Paskal Gross 4 ta samarali pas uzatishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
472