"Aston Villa" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jazolanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Aston Villa" UEFAning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin, deb yozadi "The Times" nashri.
Taxmin qilinishicha, klub ketma-ket ikkinchi yil UEFAning tarkib uchun xarajatlar borasidagi qoidasini buzgan. Ushbu qoidaga ko'ra, agar klubning o'yinchilar maoshi, transferlar va agentlar uchun sarflagan xarajatlari uning daromadidan 70 foizdan oshib ketsa, jarima belgilanadi.
2025 yilning iyul oyida Birmingem klubi tarkib uchun xarajatlar limitini (o'sha paytda daromadning 80 foizi etib belgilangan edi) oshirib yuborgani uchun 6 million evro miqdorida jarimaga tortilgan edi.
2025/26 yilgi mavsumdan boshlab ushbu limit 70 foizgacha tushirildi.
"Aston Villa"ning joriy mavsumdagi daromadlari o'tgan yilgiga nisbatan evrokuboklardagi ishtirok tufayli kamaygan: bu mavsumda klub Evropa Ligasida o'ynamoqda, o'tgan mavsumda esa mukofot pullari ancha yuqori bo'lgan Chempionlar Ligasida ishtirok etgan edi.
Shu bilan birga, "Aston Villa" UEFA bilan tuzilgan klub daromadlariga oid boshqa kelishuvni buzmagani qayd etilgan.

Bosh sahifaga
463