«Tottenxem» Igor Tudor oldiga qo'yilgan asosiy vazifani ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 412

«Tottenxem»ning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor bo'ldi. Xorvatiyalik mutaxassis London klubi bilan mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. «Shporlar» hatto Tudorning oldiga qo'yilgan vazifani ham ma'lum qilishdi.
«Uning vazifasi aniq — mavsumning hal qiluvchi pallasida jamoaga tashkilotchilik, shiddat va raqobatbardoshlikni olib kirish», — deyiladi London klubi rasmiy saytida.
Premer-liganing o'tgan turida «Tottenxem» o'z maydonida «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ertasi kuni London klubi Tomas Frankning iste'foga chiqarilganini e'lon qildi. Hozirda «shporlar» chempionat turnir jadvalida atigi 16-o'rinni egallab turishibdi.
«Tottenxem» navbatdagi o'yinini 22 fevral kuni «Arsenal»ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
371