Kurtua: "Raqibning charchog'idan foydalanishimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liga doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Qaymoqranglilar" uchun o'z maydonida kechadigan ushbu uchrashuv shanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (yakshanbaga o'tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.
«Real Sosedad» bir oz ko'proq charchagan bo'ladi, chunki ular yaqinda Ispaniya Kubogi yarim finalida o'ynashdi. Shuni hisobga olgan holda, biz uchun o'yinni shijoatli va ishonch bilan boshlash juda muhim. Maqsadimiz — g'alabalarni davom ettirish va turnir jadvalining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilish», — deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi "Madrid Zone".
Chorshanba kuni "Real Sosedad" Ispaniya Kubogi 1/2 finalining safardagi bahsida "Atletik" Bilbaoni mag'lub etdi (1:0). Eslatib o'tamiz, Madridning "Real" klubi musobaqaning 1/8 finalidayoq mag'lub bo'lib, turnirni tark etgan edi.

Bosh sahifaga
349