Tudor "Tottenxem"dagi tayinlovi haqida ilk fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388
36
Igor Tudor "Tottenxem" boshqaruvini qo'lga oldi. London klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Tayinlovdan so'ng 47 yoshli mutaxassis o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bunday muhim pallada ushbu klubga qo'shilish men uchun sharafdir. Zimmamga yuklangan mas'uliyatni tushunib turibman va maqsadim aniq — jamoa o'yiniga barqarorlik olib kirish va har bir uchrashuvda bor kuchimizni berib maydonga tushish. Bu erda kuchli o'yinchilar yig'ilgan, mening vazifam esa — ularning ishini tashkil qilish, energiya bilan to'ldirish va natijalarni tezroq yaxshilashdan iborat", — deya Tudorning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Igor Tudor o'tgan yili "Yuventus" ustozi sifatida etti oy davomida faoliyat yuritgan edi. Xorvatiyalik mutaxassis oktyabr oyi oxirida ushbu lavozimni tark etgandi.
"Tottenxem" hozirda APL turnir jadvalida atigi 16-o'rinni egallab turibdi. Albatta, londonliklarning bunday holati klub rahbariyatini aslo qoniqtirmaydi.

Bosh sahifaga
352