Rasman. Igor Tudor - "Tottenxem" bosh murabbiyi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 626

"Tottenxem" o'zining rasmiy saytida Igor Tudorning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi. 47 yoshli xorvatiyalik mutaxassis London klubi bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "Tottenxem" Premer-ligadagi yomon natijalar tufayli Tomas Frankni iste'foga chiqargan edi. Ayni damda "shporlar" turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turishibdi.
Igor Tudor oktyabr oyi oxirida "Yuventus" bosh murabbiyi lavozimini tark etganidan beri ishsiz yurgan edi.
"Tottenxem" navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 22 fevral kuni o'tkazadi. Shu kuni "shporlar" Shimoliy London derbisida "Arsenal"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249