Toshkentga UEFA delegatsiyasi tashrif buyuradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar o'yini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
Endilikda Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.
Xususan, 9-13 mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi yurtimizda bo'ladi va O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O'FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganiladi hamda yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko'tarishga yo'naltiriluvchi qo'shma loyihalar, mutaxasislarning Evropaning etakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Evropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilinadi.
13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Bosh sahifaga
205