"Real" yulduzi Saudiyadan katta taklif olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kelayotgan yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga kamdan-kam hollarda kiritilmoqda, shu sababli mish-mishlar uning tez orada jamoadan ketishini tobora ko'proq taxmin qilmoqda. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi yozgi transfer oynasida frantsuz futbolchisiga o'ta manfaatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Shuningdek, vaziyatni Angliyaning "Chelsi", "Liverpul" va "Arsenal" klublari ham kuzatib borishmoqda.
"Transfermarkt" portali mutaxassislari Eduardo Kamavinganing qiymatini 50 mln evroga baholashmoqda. Yarim himoyachining "qirollik klubi" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
246