Estevao "Chelsi" tarixida yangi rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Chelsi" vingeri Estevao Villian Angliya Kubogi doirasida "Xall Siti"ga qarshi kechgan o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
18 yoshli futbolchi 59-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu braziliyalik futbolchining joriy mavsumdagi ettinchi goli bo'ldi: "Opta" xabariga ko'ra, bu Premer-liga tashkil etilgan paytdan buyon 19 yoshdan oshmagan futbolchilar o'rtasidagi klub rekordi hisoblanadi.
Estevao Villian o'tgan yilning yozida Braziliyaning "Palmeyras" klubidan "Chelsi"ga o'tgan edi. Yosh yulduzning hisobida nafaqat ettita aniq zarba, balki uchta golli uzatma ham bor. Bunday ko'rsatkichlarga erishish uchun vunderkind "ko'klar" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
250