Del Pero Yildizning imkoniyatlarini juda yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

"Yuventus"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Alessandro del Pero hujumchi Kenan Yildiz haqida o'z fikrini bildirdi.
"Kenanga beradigan maslahatim yo'q, chunki u allaqachon voyaga etgan va aqlli inson. U doimiy ravishda o'z ustida ishlab, rivojlanishni xohlayotganini ko'rsatmoqda. Yildiz "Yuventus"dagi faoliyatini zarur qat'iyat va insoniylik bilan qurmoqda. Agar bosh cho'qqilarga erishishni istasangiz, bular eng asosiy fazilatlardir", — deya del Peroning so'zlarini keltiradi Italiya OAVlari.
Joriy mavsumda Kenan Yildiz "keksa sinora" safida barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 9 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249