Rosenor "Chelsi"ning yirik g'alabasini izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor Angliya Kubogi doirasida "Xall Siti"ga qarshi kechgan o'yindagi (4:0) jamoasining ishtirokiga baho berdi.
"Ko'klar" Pedru Netuning xet-trigi hamda Estevao Villian tomonidan kiritilgan gol evaziga g'alaba qozonishdi.
"Birinchi bo'limdagi o'yin va futbolchilarning kayfiyatidan juda mamnun bo'ldim. Bizga qarshi jiddiy raqib to'p tepdi: joriy mavsumda "Xall" Chempionshipda hayratlanarli natijalarni ko'rsatmoqda va umid qilamanki, ular Premer-ligaga chiqishga muvaffaq bo'lishadi. Bugungi o'yinda bizning bor kuchimizni berib harakat qilganimiz hal qiluvchi omil bo'ldi. Har doim ishlash kerak bo'lgan jihatlar topiladi, lekin men natijadan juda xursandman", — dedi Rosenor "BBC Sport"ga bergan intervyusida.
21 fevral kuni "Chelsi" Premer-liga doirasida o'z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
248