Rosenor Pedru Netuning xet-trigiga yuqori baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Chelsi" ustozi Liam Rosenor Angliya Kubogi doirasida "Xall Siti"ga qarshi kechgan bahsda (4:0) xet-trik qayd etgan Pedru Netuning o'yini haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Portugaliyalik vinger 40, 51 va 71-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mehmonlarning yana bir goliga Estevao Villian mualliflik qildi — u 59-daqiqada "yo'lbarslar"ni ranjitdi.
"Pedru Netu shunchaki ajoyib edi. U juda qattiq mehnat qiladi va shu bilan birga yuksak mahoratga ega. Bugungi o'yinda uning golli yurishlarini kuzatish juda yoqimli bo'ldi. Barcha o'yinchilar bir-birlari uchun kurashdilar", — deya javob berdi Rosenor Netuning xet-trigi haqidagi savolga.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi 38 ta uchrashuvda o'nta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
250