"Mening assistentim bo'lishni xohlaysanmi?": Gvardiola jurnalistning taktik bilimlaridan hayratda qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

Xosep Gvardiola jurnalistning bilimlaridan hayratga tushdi. Matbuot anjumanida OAV vakillaridan biri Gvardioladan ushbu mavsumda hujumdagi uchlikdan qanday foydalanayotgani haqida gapirib berishni so'radi. Jurnalist o'yinning taktik xususiyatlarini juda yaxshi tushunishini namoyish etdi.
"Mening assistentim bo'lishni xohlamaysanmi?! Jin ursin, sen ajoyibsan! Sen yuqori darajadasan!" — dedi Gvardiola hazil aralash.
Shanba kuni "Manchester Siti" Angliya Kubogi doirasida o'z maydonida "Solford Siti"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245