Manega "Liverpul" qiziqib qoldi. Muzokaralar allaqachon boshlangan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Vulverxempton" hujumkor yarim himoyachisi Mateus Mane faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "DaveOCKOP" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar 18 yoshli iqtidor egasi bilan allaqachon muzokaralar o'tkazishgan. Biroq, Maneni qo'lga kiritish "Liverpul" uchun oson bo'lmaydi, chunki yozda uning uchun Premer-liga top-klublari o'rtasida haqiqiy kurash kutilmoqda. Manega "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani ma'lum.
Joriy mavsumda Mane barcha turnirlarda 31 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Manening qiymatini 250 ming evroga baholamoqdalar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246