"Arsenal" rahbariyati Artetaga shart qo'ydi: Bu mavsumda chempionlikdan boshqa natija qabul qilinmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Arsenal" direktorlar kengashi Mikel Artetaning bu mavsumda boshqa bahonasi qolmadi deb hisoblamoqda. London klubi ispaniyalik mutaxassisni transferlar bilan qo'llab-quvvatlaganidan so'ng, klub rahbarlarining umidlari yuqori.
Premer-liga chempionlik unvoni "Arsenal" uchun mavsumning bahorgi qismidagi eng minimal vazifa hisoblanadi. Bu haqda "The Touchline" nashri xabar bermoqda.
"Arsenal" hozirda Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda, biroq "Manchester Siti" ulardan atigi to'rt ochko ortda qolmoqda. Oxirgi marta "kanonirlar" 2004 yilda Angliya chempioni bo'lishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240