"Real" himoyachisi kelajagi bo'yicha hali qaror qabul qilmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudigerning kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Ryudiger keyingi mavsumda qaerda o'ynashini hozircha bilmaydi, chunki uning klub bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Ryudigerga Saudiya Arabistonidan jozibador takliflar tushmoqda, biroq futbolchining tomoni muzokaralarni mavsum yakuniga qadar qoldirmoqda. Ta'kidlanishicha, nemis futbolchisi uchun ustuvor vazifa — "Real"da qolish.
32 yoshli Ryudiger 2022 yildan beri "Real"da to'p tepmoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olganda to'qqizta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Bosh sahifaga
249