Braziliyalik hujumchi uchun "Bavariya" va APL gigantlari kurash boshlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3584

Premer-liga to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda borayotgan "Brentford" hujumchisi Igor Tyago transfer bozorida talabgir bo'lib turibdi.
"Teamtalk" jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik forvard bilan shartnoma imzolashga Myunxenning "Bavariya", Londonning "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Tyago 26 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 17 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Braziliyalik futbolchi shu haftada "arilar" bilan shartnomasini 2031 yilning o'rtalariga qadar uzaytirdi. Tyagoning transfer qiymati "Transfermarkt" portalida 35 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247