Mbappening otasi Zidanning Frantsiya terma jamoasiga kelishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Madridning "Real" klubi yulduzi Kilian Mbappening otasi Vilfrid Mbappe Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Dide Deshamning ehtimoliy o'rinbosari haqida o'z fikrini bildirdi.
"Zidan murabbiy sifatida juda yaxshi edi. Agar Zinedin Frantsiya terma jamoasining yangi ustoziga aylansa, biz bundan juda xursand bo'lamiz", — deya Mbappening otasi so'zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Avvalroq matbuotda Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan so'ng milliy jamoa boshqaruvini Deshamdan qabul qilib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'zining murabbiylik faoliyati davomida "Zizu" faqat Madridning "Real" klubini boshqargan. Frantsiyalik mutaxassis qo'l ostida "qirollik klubi" ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Bosh sahifaga
290