"Real"ning Endrikdan umidlari katta
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Madridning "Real" klubi hozirda ijara asosida "Lion"da to'p surayotgan braziliyalik hujumchi Endrikka katta ishonch bildirmoqda.
"Teamtalk" jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, "qirollik klubi" 19 yoshli braziliyalikning jamoaga qaytishini kutmoqda. "Qaymoqranglilar" keyingi mavsumda Endrikning yordamiga umid qilishyapti.
Hujumchiga Londonning "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgan edi. Biroq, "Real"ning qat'iy pozitsiyasi sababli uning APLga transferi amalga oshishi dargumon.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik futbolchi to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi. Endrik o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252