"Manchester Yunayted" Andre Onana borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Manchester Yunayted" hozirda ijara asosida Turkiyaning "Trabzonspor" klubida to'p surayotgan kamerunlik darvozabon Andre Onana borasidagi rejalarini belgilab oldi.
"Sun Sport" jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" rahbariyati afrikalik posbonni yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan. 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Onananing "Trabzonspor" bilan ijara shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Turkiya chempionatining joriy mavsumida Andre 17 ta uchrashuv o'tkazdi. Darvozabon o'z darvozasidan 22 ta to'p olib chiqdi va to'rtta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253