"Bavariya"siz rekord: Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesligadagi tarixiy natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Germaniya chempionatida 23-tur o'yinlari boshlandi. Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Maynts" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ma'lum bo'lishicha, bu Bundesligada "Borussiya" gol urayotgan ketma-ket 15-o'yin bo'ldi va bu, g'alati tuyulsa-da, turnir rekordining takrorlanishidir.
Bu erdagi g'alati jihat shundaki, ushbu rekord Bundesliganing Myunxenning "Bavariya" klubi tilga olinmagan kam sonli natijalaridan biridir. Bungacha Bundesligada ketma-ket 15 ta o'yinda ikki marta gol urishga muvaffaq bo'lingan — dastlab 1980 yilda "Gamburg", keyinchalik esa 2013 yilda Yurgen Klopp qo'l ostidagi o'sha "Borussiya" tomonidan ushbu natija qayd etilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264