Gvardiola: "Oradan 20 asr o'tgani yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Fil Foden haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Uning darajasiga zarracha shubham yo'q. Unga faqat kuch to'plash va o'yinga e'tibor qaratish kerak. Yaqin o'tmishda Fil Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi edi — bunga bor-yo'g'i bir necha mavsum bo'ldi, 20 asr o'tgani yo'q. Bunday iste'dodga ega bo'lganingizda, shunchaki dam olishingiz va o'yindan zavqlanishingiz kerak", — deya City Report Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda.
Bugun Angliya Kubogining to'rtinchi bosqichi doirasida "shaharliklar"ning bahsi bo'lib o'tadi — raqib "Solford Siti" jamoasi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247