Noyer darvozadan boshqa pozitsiyada o'zini qanday tasavvur qilishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer o'zini boshqa pozitsiyada ham sinab ko'rishi mumkin bo'lganini ta'kidladi.
Xosep Gvardiola myunxenliklar murabbiyi bo'lgan kezlarida darvozabonni maydon o'yinchisi sifatida tushirish haqida o'ylab ko'rgan edi. Jurnalistlar 39 yoshli jamoa sardorining o'zidan bu haqda so'rashdi.
"Men pastroq darajadagi ligada maydon o'yinchisi sifatida bemalol to'p tepa olardim. Masalan, uchinchi divizionda, to'p nazoratiga asoslangan jamoada. Ehtimol, menga biroz tezlik etishmasdi, lekin o'zimni ko'rsata olgan bo'lardim. Markaziy himoyachi bo'larmidim yoki Xavi Martines kabi tayanch yarim himoyachisimi — bilmadim. Bu qiziq bo'lardi. Lekin men darvozabon sifatida erishgan yutuqlarimdan juda mamnunman", — dedi Noyer "L'Equipe" nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda yulduzli faxriy "Bavariya" safida 27 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 27 ta to'p olib chiqdi.

Bosh sahifaga
253