"Atletiko" Niko Gonsales uchun 32 million evro to'lamoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

Madridning "Atletiko" klubi hujumchi Niko Gonsalesni "Yuventus"dan sotib olmasligi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, "matraschilar" lagerida mavsum yakunida Gonsalesni 32 million evroga sotib olish borasida shubhalar mavjud. Argentinalik futbolchining klubdagi kelajagi kafolatlanmagan. Biroq, yozda tomonlar Gonsalesning narxini qayta ko'rib chiqish uchun muzokaralar stoliga o'tirishlari ehtimoli bor.
"Atletiko" 27 yoshli vingerni o'tgan yilning sentyabr oyida "Yuventus"dan ijaraga olgan edi. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, Gonsalesning bozor qiymati 24 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263