Braziliya terma jamoasi futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi - Anchelotti uni JCh-2026ga chaqirgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 476

"Nyukasl"ning etakchi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Angliya Premer-ligasining 26-turi doirasida Londonning "Tottenxem" klubiga (2:1) qarshi kechgan yaqindagi bahsda jarohat oldi. Shikastlanish sababli futbolchi o'yin so'ngida almashtirildi.
Yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tdi va unda tizza osti paylarining jarohati aniqlandi. Bruno kamida ikki oyni lazaretda o'tkazadigan bo'ldi.
Joriy mavsumda Gimaraes "qarg'alar" tarkibida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
28 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, uning bozor qiymati esa 75 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
413