"PSJ" APLning to'rtta grandi bilan bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Brayton" markaziy yarim himoyachisi Karlos Baleba Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Baleba parijliklarning transfer nishoniga aylangan va ular futbolchining xaridi uchun 70-75 million evro ajratishga tayyor. Ushbu poygada, shuningdek, "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari ham ishtirok etmoqda.
Shuni eslatib o'tish joizki, o'tgan yozda "Manchester Yunayted" Balebani sotib olishga uringan edi, biroq klub so'ralgan 100 million evroni to'lashdan bosh tortgan. Hozirgi vaqtda futbolchining narxi joriy mavsumdagi yomon sport formasi tufayli pasaygan.
22 yoshli Baleba hisobida barcha musobaqalarda 24 ta o'yin bor va u birorta ham samarali harakatni amalga oshirmagan.

Bosh sahifaga
407