"Betxoven yoki Motsart?": Fernandu Santush Messi va Ronaldu o'rtasidagi tanlovda asosiy mezonni aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Portugaliya terma jamoasining sobiq ustozi Fernandu Santush jahon futbolining ikki superyulduzi — argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduni o'zaro taqqosladi.
"Ularni solishtirib bo'lmaydi. Siz Betxoven va Motsart o'rtasida kimni tanlagan bo'lardingiz? Axir ular haqiqiy daholarku. Kimgadir Leo uslubi ko'proq yoqadi, kimdir esa Krishtianuning o'yinini afzal ko'radi. Ammo tanlov qilish kerak bo'lsa, sovrinlarga qarash lozim. Bu borada Ronaldu g'alaba qozonadi", — deya taniqli mutaxassisning so'zlarini keltiradi "Record" nashri.
Hozirda Messi Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida to'p tepmoqda, Ronaldu esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" sharafini himoya qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
410