A seriya. Luka Modrichning so'nggi daqiqadagi goli «Milan»ga g'alaba keltirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

Italiya chempionati 25-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Piza» o'z maydonida «Milan»ni qabul qildi. Bahs Piza shahridagi «Arena Garibaldi — Romeo Ankonetani» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.
Hisobni birinchi bo'lim so'ngida, 39-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik ochdi. Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida milanliklar hujumchisi Niklas Fyullkrug penaltidan foydalana olmadi.
71-daqiqada «Piza» yarim himoyachisi Felipe Loyola hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin, 85-daqiqada Luka Modrich «Milan»ni yana oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada esa mehmonlar yarim himoyachisi Adrien Rabo qizil kartochka oldi.
Ayni paytda «Milan» 53 ochko jamg'argan va 24 uchrashuvdan so'ng turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Inter»dan besh ochkoga orqada qolmoqda. «Piza» esa 15 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda.
Italiya — A seriya, 25-tur
13 fevral 2026 yil,
«Piza» — «Milan» — 1:2
Gollar: Loftus-Chik (39) 0:1, Loyola (71) 1:1, Modrich (85) 1:2.
Chetlatish: Rabo (90+1) — "Milan".

Bosh sahifaga
410