"Real" "Roma" himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31463

"Real" "Roma" himoyachisi Ueslini o'z nishoniga oldi. Bu haqda Defensa Central nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, madridliklar futbolchini Dani Karvaxalga ideal o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Ispaniya grandi himoyachi uchun 35 mln evro to'lashga tayyor. Yozda Ueslining xizmatlariga "Zenit" qiziqish bildirgan edi, biroq futbolchi "Roma"ga o'tishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Uesli 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
436