"Manchester Yunayted" Stankovichni taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 558

APLning to'rtta grand klubi "Bryugge" yarim himoyachisi Aleksandar Stankovichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" klublari da'vogarlik qilmoqda. Stankovichning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining qiymatini 15 mln evroga baholamoqda. Deyan Stankovich "Bryugge" yarim himoyachisining otasi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Aleksandar Stankovich 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
446