"Barselona" Evropa klublari assotsiatsiyasiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 664

"Barselona" Evropa klublari assotsiatsiyasiga a'zo sifatida qayta tiklanganini e'lon qildi.
"Ko'k-anorranglilar" Evropa Superligasida ishtirok etishga qaror qilgan paytida tashkilotni tark etgan edi. Loyiha bekor qilinganidan so'ng, kataloniyaliklar EFCʼga qaytish bo'yicha muzokaralar olib borishdi.
Qayd etilishicha, Evropa klublari assotsiatsiyasi direktorlar kengashi "Barselona"ning arizasini bir ovozdan ma'qullagan. Ispaniya klubi oddiy a'zo maqomini oldi.
"Barselona" ushbu qarorni juda ijobiy baholaydi va futbol, musobaqalar hamda muxlislar manfaati yo'lida boshqa Evropa klublari bilan hamkorlik qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi", – deyiladi klub saytidagi xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
455