Arbeloa "Real Sosedad"ning kuchiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 509

Shanba kuni «Real» Ispaniya La Ligasi doirasida o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi. Madrid jamoasi ustozi Alvaro Arbeloa bo'lajak uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Real Sosedad» yangi murabbiy qo'l ostida ijobiy taassurot qoldirmoqda. Ular kuchli raqiblarga qarshi o'ynashdi va hali ham mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti. Bu xavfli jamoa. Juda qiyin bo'ladi va biz buni tushunib turibmiz. Biz yana o'z eng yuqori darajamizni ko'rsatishimiz kerak», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
«Real» va «Real Sosedad» o'rtasidagi La Liga bahsi 14 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (15 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
451