"Barselona" muxlislarini quvontiradigan xabar e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467
51
«Barselona» Ispaniya Kubogida «Atletiko»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi, biroq endi bor e'tiborini kelajakka qaratmoqda. Xans-Diter Flik allaqachon futbolchilarni dushanba kuni bo'lib o'tadigan «Jirona»ga qarshi o'yinga tayyorlamoqda.
Yaxshi yangilik shundaki, Rafinya safga qaytdi. «Barselona» matbuot xizmati braziliyalik vinger guruh mashg'ulotlariga qaytganini ma'lum qildi. Ko'rinib turibdiki, braziliyalik futbolchining bo'lajak o'yinda maydonga tushish imkoniyati yuqori.
Ispaniya chempionati doirasidagi «Jirona» va «Barselona» o'rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, 16 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (17 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.
Hozirda «Barselona» La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
455