"Liverpul" Saloh o'rniga 95 million evrolik yulduzni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 737

Ko'rinishidan, kelayotgan yozda Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etadi. Mersisayd klubi misrlik futbolchini shartnomasi tugashiga bir yil qolganda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga sotib yuborishi mumkin.
«Transfer News Live» nashrining «El Nacional»ga tayanib xabar berishicha, «Liverpul» Salohning o'rniga Niko Uilyamsni sotib olishi mumkin. Manbaga ko'ra, «qizillar» 95 million evro to'lashga tayyor — aynan shuncha mablag' futbolchining «Atletik» bilan shartnomasida tovon puli sifatida belgilangan.
Avvalroq, 23 yoshli Niko Uilyams «Atletik»da qolish qaroridan pushaymon bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O'tgan yili Uilyams klub bilan shartnomasini 2035 yilning o'rtalariga qadar uzaytirgan edi.
Niko Uilyams hujumning har ikkala qanotida o'ynash qobiliyatiga ega, shu sababli u Salohning o'rnini bosa oladi deb hisoblanmoqda.

Bosh sahifaga
297