Portugaliya bosh murabbiyi: "Jahon chempionati Ronaldu faoliyatidagi so'nggi turnir bo'ladi deb hisoblamaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, JCh-2026 hujumchi uchun faoliyatidagi so'nggi yirik xalqaro turnir bo'lmaydi.
"Biz Jahon chempionati Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi so'nggi turnir bo'ladi deb hisoblamaymiz. U kuchga to'la va ajoyib formada, bu esa milliy terma jamoamiz uchun juda muhim", — dedi Martines.
Krishtianu Ronaldu hozir 41 yoshda. U Portugaliya terma jamoasi safida 226 ta o'yin o'tkazib, 143 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294