Rasman: Maykl Kerrik APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 565

«Manchester Yunayted» ustozi Maykl Kerrik yanvar oyi yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kerrik 13 yanvar kuni «Manchester Yunayted» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Oy yakuniga qadar «qizil iblislar» bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazishdi, biroq ularda shov-shuvli natijalarni qayd etishdi. Mankunianliklar dastlab o'z maydonlarida «Manchester Siti»ni (2:0), so'ngra safarda «Arsenal»ni (3:2) mag'lub etishdi.
Ayni damda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. Maykl Kerrik jamoasi navbatdagi uchrashuvini 23 fevral kuni safarda «Everton»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336