Angliya federatsiyasida Tuxel bilan shartnomani uzaytirish qaroridan hamma ham mamnun emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Yaqindagina Tomas Tuxelning Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirgani va milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettirishi e'lon qilingan edi.
«The Touchline» nashrining xabar berishicha, Futbol assotsiatsiyasidagi ba'zi yuqori martabali shaxslar Tuxel bilan shartnoma uzaytirilganidan norozi bo'lishgan. Bu shaxslarning fikricha, germaniyalik mutaxassis bo'yicha qarorni faqatgina Jahon chempionatidan keyin qabul qilish kerak edi. Bu turnir yakunlariga ko'ra nafaqat natijani, balki taktik falsafa va etakchilik qobiliyatlari kabi jihatlarni ham baholash imkonini berardi.
Assotsiatsiyaning ayrim vakillari shartnomaning uzaytirilishiga faqatgina Tuxelni boshqa ishga jalb qilib ketishlari mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bo'lgan deb hisoblashmoqda.
Avvalroq Tomas Tuxelning yozda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritilgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
336