Arbeloa Mbappening holati bo'yicha javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 522

Hujumchi Kilian Mbappe o'tgan ikki kun davomida umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmasdan, sport zalda shug'ullangan edi. Juma kuni frantsuz jamoa bilan ishlashga qaytdi va ""qaymoqranglilar"" ustozi Alvaro Arbeloa uning holati haqidagi savolga javob berdi.
"Mbappening holati? Hammasi joyida. U umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi va ertangi o'yinga tayyor", — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
«Real» hozirda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Qaymoqranglilar" «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda. Shanba kuni, 14 fevral kuni Alvaro Arbeloa jamoasi «Real Sosedad»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325