"Barselona", "Bavariya" va APLning uch klubi "Real" bilan bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4943

Niderlandiyaning «AZ Alkmaar» klubi yarim himoyachisi Kes Smit Evropa grandlarining e'tiborida qolishda davom etmoqda.
20 yoshli futbolchi bir necha oydan beri Madridning «Real» klubi uchun transfer maqsadi bo'lib kelayotgan edi, biroq «qirollik» klubi niderlandiyalik o'yinchi uchun kurashda jiddiy raqobatga uchraydi. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, yosh yulduzni «Barselona», «Bavariya», «Chelsi», «Nyukasl» va «Liverpul» klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. «AZ Alkmaar» xavbek uchun 60 million evro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Kes Smit 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Mashhur «Transfermarkt» portalida o'yinchining narxi 22 million evro deb baholangan.

Bosh sahifaga
319