Mbappe qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

«Real» Ispaniya chempionati doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi o'z maydonida bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Juma kuni madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Tegishli kadrlarni «qaymoqranglilar» matbuot xizmati va Ispaniya OAVlari namoyish etdi.
Bundan oldingi kunlarda Mbappe maydonda emas, balki sport zalida mashg'ulot o'tagan edi. Bu haqda klubda ma'lum qilishgan.
«Real» va «Real Sosedad» shanba kuni, 14 fevral kuni o'zaro o'ynashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan yakshanbaga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. Kilian Mbappening «Real» asosiy tarkibida maydonga tushish imkoniyatlari bordek ko'rinmoqda.
Alvaro Arbeloa jamoasi La Ligada «Barselona»dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
421