"Bavariya" direktori Pavlovichning rivojlanishi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

«Bavariya» sport direktori Kristof Froynd jamoa yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichning o'sishi haqida fikr bildirdi.
"Bunday yoshda katta ishonch bilan o'ynash — bu alohida iste'dod. U o'z mahoratini yanada oshirdi, juda ko'p ishlamoqda. U bilan ishlash qiziqarli va akademiya o'yinchisi asosiy jamoada mustahkam o'rin egallashi juda ajoyib", — deya funktsionerning so'zlarini «Bayern & Germany» nashri keltirmoqda.
Joriy mavsumda 21 yoshli Pavlovich barcha musobaqalarni hisobga olganda 30 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
«Bavariya» navbatdagi o'yinini 14 fevral kuni «Verder»ga qarshi o'tkazadi. Germaniya chempionatining 22-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
418