Kompani Olisening diskvalifikatsiyasi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 461

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Maykl Olisening diskvalifikatsiyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchi sariq kartochkalari ko'payib ketgani sababli «Verder»ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Maykl ajoyib futbol ko'rsatayotgani aniq. Eng muhimi, u jarohat olmagan. Bizda bo'lajak o'yinda uning o'rnini bosadigan variantlar mavjud", — deya Kompanining so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Joriy mavsumda 24 yoshli frantsuz yuqori samaradorlik ko'rsatmoqda: barcha musobaqalardagi 34 ta o'yinda u 13 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Germaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan «Verder» va «Bavariya» o'rtasidagi uchrashuv 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
337