APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Angliya Premer-ligasida yanvar oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Sovrinni «Brentford» hujumchisi Igor Tyago qo'lga kiritdi.
O'tgan oyda Tyago Angliya chempionati doirasida «Brentford»ning beshta o'yinida maydonga tushdi. Ularda braziliyalik futbolchi o'z hisobiga beshta gol yozib qo'ydi.
Igor Tyago 17 ta gol bilan hozirda Premer-liga mavsumi to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam, albatta, hisobida 22 ta gol bo'lgan Erling Xoland.
«Brentford» ayni damda Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. «Asalarilar» chempionatdagi navbatdagi o'yinini 21 fevral kuni o'z maydonida «Brayton»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377